Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Amerika korporatsiyasi 2023 yilda dunyodagi birinchi tijorat–kosmik issiqxonani uchiradi

AQSHning Redwire korporatsiyasi 2023 yil kosmosga Xalqaro kosmik stansiyaga oʻrnatiladigan Redwire Greenhouse — birinchi tijorat issiqxonasini uchiradi.

Amerikaning Redwire korporatsiyasi 2023 yil kosmosga Xalqaro kosmik stansiyaga oʻrnatiladigan birinchi tijorat issiqxonasi — Redwire Greenhouseʻni uchirishini maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, loyiha Yer yuzidagi ekinlar boʻyicha olimlar uchun qimmatli tushunchalarni beradi va insoniyatning kosmosda ekinlar etishtira olish imkoniyatini sezilarli darajada kengaytiradi.

“Kosmosda toʻliq hosilni yetishtirish kelajakdagi kosmik tadqiqotlar missiyalari uchun juda muhim boʻladi, chunki oʻsimliklar oziq-ovqat, kislorod va suvning meliorativ holatini taʼminlaydi”, — deyiladi korporatsiya bayonotida.

Qayd etilishicha, dastlabki parvoz paytida gen ekspressiyasini oʻrganish uchun issiqxonada sanoat kanopi etishtiriladi. Tajriba 60 kun davom etishi aytilgan.

Avvalroq Milliarder Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi kosmonavtlarning birinchi shaxsiy ekipajini Xalqaro kosmik stansiyaga joʻnatgani va sayohat 10 kun davom etishi xabar qilingandi.