Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Xivada “Pahlavon Mahmud — bahodirlar oʻyini” xalqaro turnirining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi — foto

Tadbir Turizm va madaniy meros vazirligi, Butunjahon strongmenlar federatsiyasi hamda Xorazm viloyati hokimligi bilan hamkorlikda oʻtkazildi.

Xiva shahrida 4–5 iyun kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan “Pahlavon Mahmud — bahodirlar oʻyini” xalqaro turnirining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda unda ishtirok etgan “Bugun.uz” muxbiri xabar berdi.

Tadbir Turizm va madaniy meros vazirligi, Butunjahon strongmenlar federatsiyasi hamda Xorazm viloyati hokimligi bilan hamkorlikda oʻtkazilmoqda.  Xiva faylasuf va polvon sifatida tanilgan Paxlavon Mahmudning vatani hisoblanadi. Xalqaro tadbir 2019 yilda ilk bor Xivada oʻtkazilgandi. Turnirga dunyoning 14 davlatidan, jumladan, Braziliya, Yangi Zelandiya, Italiya, Ispaniya, Fransiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Eron, Hindiston, Polsha, Yaponiya, Tojikiston va Oʻzbekistondan 15 nafar sportchi ishtirok etmoqda.

Foto: “Bugun.uz”/ Nurilloyev Mehrillo

Keltirilishicha, ular musobaqaning 7 turi boʻyicha bellashadi. Marosimda nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrtasida sportning paralimpiya chiqishlari boʻlib oʻtdi. Sportchilar musobaqaning dastlabki kunida ogʻir qoplarni qoʻqon aravaga ortish va uni maʼlum masofaga olib borish va obkachni kuch bilan koʻtarish shatrlarini bajardi.

Foto: “Bugun.uz”/ Nurilloyev Mehrillo

Ochilish marosimida turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov nutq soʻzladi.

“Shuni alohida taʼkidlash joizki, dastlab 2019 yilda tashkil qilingan «Bahodirlar oʻyini” koʻpchilikda katta taasurot qoldirdi. Unda turli mamlakatlardan 15 nafar xalqaro sportchi qatnashgandi.

Foto: “Bugun.uz”/ Nurilloyev Mehrillo

Quvonarli jihati, Eron, Yaponiya va Hindiston mamlakatlarining polvonlari turnirda ikkinchi bor ishtirok etmoqda. “Bahodirlar oʻyini” xalqlar oʻrtasida doʻstlik aloqalarining rivojlanishi, jahon hamjamiyatida Oʻzbekistonning ijobiy imijining oshishi, sogʻlom hayot tarzining tashviqoti va mamlkatimiz turizm salohiyatini targʻib qilish yoʻlida xizmat qiladi», — deydi vazir.

Foto: “Bugun.uz”/ Nurilloyev Mehrillo

Shuningdek, bosh vazir oʻrinbosari turnir ishtirokchilariga muvofaqqiyat tiladi.

Foto: “Bugun.uz”/ Nurilloyev Mehrillo
Foto: “Bugun.uz”/ Nurilloyev Mehrillo
Foto: “Bugun.uz”/ Nurilloyev Mehrillo
Foto: “Bugun.uz”/ Nurilloyev Mehrillo
Foto: “Bugun.uz”/ Nurilloyev Mehrillo

Avvalroq Xorazm viloyati Xiva shahrida 4–5 iyun kunlari “Pahlavon Mahmud — bahodirlar oʻyini” II xalqaro turniri boʻlib oʻtishi hamda musobaqani tashkil etishdan maqsad toʻgʻrisida maʼlumot berilgandi.