Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 17,76 soʻmga pasayib, 11 ming 45,25 soʻmni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 AQSH dollarining rasmiy kursi 17,76 soʻmga tushib, 11 ming 45,25 soʻmni tashkil etgan. 1 yevro kursi 11 ming 832,78 soʻmga baholanib, 23,02 soʻmga koʻtarildi.
Shuningdek, 1 rubl 176,65 soʻm etib belgilanib, 20,83 soʻmga tushdi. Oxirgi marta rublning rasmiy kursi 25 may kuni rekord daraja — 197,47 soʻmga yetgandi.
Maʼlumot uchun, ushbu almashuv kurslari 27 may, juma kunidan kuchga kiradi.


