Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Moliya

Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 11 080 soʻmdan pastga tushdi, rubl yana oshdi

1 AQSH dollarining rasmiy kursi 9,97 soʻmga tushdi, rubl rekord darajaga yetdi.

Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 9,97 soʻmga pasayib, 11 ming 74,93 soʻmni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1 AQSH dollarining rasmiy kursi 9,97 soʻmga tushib, 11 ming 74,93 soʻmni tashkil etgan. 1 yevro kursi 11 ming 863,47 soʻmga baholanib, 27,01 soʻmga koʻtarildi.

Shuningdek, 1 rubl 194,90 soʻm etib belgilanib, 4,52 soʻmga oshdi. Oxirgi marta rublning rasmiy kursi 23 may kuni rekord daraja — 190,38 soʻmga yetgandi.

Maʼlumot uchun, ushbu almashuv kurslari 25 may, chorshanba kunidan kuchga kiradi.