Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Biznes

Mehnat inspeksiyasi NestOne ishchilari norozilik uyushtirgani boʻyicha izoh berdi

“Ozguvn mimarlik inshaat” MCHJ XK va “Ozguven tasarim mimarlik” MCHJ shaklidagi xorijiy korxonasi rahbari Guven Mehmetra nomiga yozma koʻrsatma berildi.

Toshkent shahar mehnat inspeksiyasi tomonidan 2022 yil 17 may kuni Shayxontohur tumanidagi Tashkent city hududida qurilayotgan NestOne binosida ishlayotgan ishchilarga ishchilarga ish haqi oʻz vaqtida berilmagani yuzasidan oʻrganish oʻtkazdi. Bu haqda Mehnat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, NestOne binosida “Ozguvn mimarlik inshaat” MCHJ XKning 312 nafar ishchisi 2022 yil aprel uchun uchun ish haqlarini olmagani sababli mazkur korxonaga nisbatan norozilik bildirgan.

Oʻrganish jarayonida 17 may kuni 312 nafar ishchiga 1 milliard 7 million 1 825 ming soʻm ish haqlari toʻlab berilishi taʼminlangan.

Shu bilan bir qatorda, NestOne binosida “Ozguven tasarim mimarlik insaat sanayi ve ticar”ning 427 nafar ishchilari 2022 yil aprel oyi uchun ish haqini oʻz vaqtida olmagani sababli mazkur korxona rahbariyatiga norozilik bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan 17 may kuni 427 nafar ishchiga 1 milliard 346 million 355 ming 177 soʻm ish haqlari toʻlab berilishi taʼminlangan.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining “Davlat mehnat inspeksiyasi toʻgʻrisida”gi 1066-sonli nizomiga muvofiq, Toshkent shahar Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan 17 may kuni “Ozguvn mimarlik inshaat” MCHJ XK va “Ozguven tasarim mimarlik” MCHJ shaklidagi xorijiy korxonasi rahbari Guven Mehmetra nomiga yozma koʻrsatma berilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent shahrida qurilayotgan NestOne majmuasi quruvchilari maosh berilmayotgani sababli norozilik uyushtirgani haqida xabarlar tarqaldi. Tadbirkor Murod Nazarov ushbu xabarlarga javob tariqasida Instagramʻda jonli efirga chiqdi.

“Men hozir NestOneʻdaman. Ijtimoiy tarmoqlarda vahima qilib, charchatib yubordinglar. Toʻgʻrisini aytaman. Mana, jonli efirga chiqdim. Vahima qilmanglar. Osh yemaganinglar uchun (Murod Nazarov bir necha kun avval binoning 51-qavatida osh tayyorlagan edi — tahr.) alam olish unday boʻlmasin, iltimos. Hammayoq tinch. Nima keragi bor vahima qilishni? Hammasi zoʻr keptyapti. Bitta osh qilib baloga qoldim”, — deydi Murod Nazarov.

Tadbirkor osh sabab vahima koʻtarilgan haqida mutoyiba yoki haqiqatni aytgani boʻyicha aniq maʼlumot yoʻq.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda esa bir guruh quruvchilar poytaxtdagi Botir Zokirov koʻchasida toʻplanganini koʻrish mumkin.