Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Biznes

“Ilgari daromadlar ayrim ʻoʻrtakashlarʻ choʻntagida qolar edi” — Prezident birja savdolari haqida

Shavkat Mirziyoyev raisligida Respublika tovar-xom ashyo birjasi faoliyati boʻyicha yigʻilish oʻtkazilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Birjaga oʻz mahsulotlarini qoʻygan yirik korxonalar ochiq-oshkora savdolar hisobiga oʻtgan yilning oʻzida 8 trillion soʻm qoʻshimcha daromad qildi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilayotgan Respublika tovar-xom ashyo birjasi faoliyati boʻyicha yigʻilishda taʼkidlandi.

Qayd etilishicha, ilgari turli sxemalar orqali korrupsiya boʻlib, daromadlar ayrim “oʻrtakashlar” choʻntagida qolar edi.

“Misol uchun, bir yil avval benzinda davlat taqsimoti bekor qilinib, erkin birja savdosiga qoʻyilgani hisobiga bugungi kunda eng chekka ʻzapravkalarʻda ham sifatli benzin bor. Yoki, oʻtgan uch yilda birja maydonchasida avtoraqamlarni sotish hisobiga byudjetga 1 trillion soʻm qoʻshimcha tushum taʼminlandi”, deyiladi Prezident matbuot kotibi xabarida.

Shuningdek, Asadovning qayd etishicha, “eng muhimi, bu sohalardagi defitsit, korrupsiya, tanish-bilishchilik yoʻq boʻldi”. Shu bilan birga, birja savdolarini tashkil etish, mahalliy tadbirkorlarning ishtirokini kengaytirish borasida hali tizimli muammolar mavjud.

Misol uchun, birja savdolarining 85 foizini 45 turdagi yuqori likvidli mahsulotlar tashkil etmoqda.

Soʻnggi yillarda ishlab chiqarilishi keng yoʻlga qoʻyilgan tekstil, ipak, charm, kabel mahsulotlarining birja savdolaridagi ulushi past.