Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Biznes

Oʻzbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlik uchun pul toʻlash tartibi belgilandi

Maxsuc dastur orqali soliqqa oid huquqbuzarliklar aniqlangan holatlar haqida soliq organlarini xabardor qilgan jismoniy shaxslarga pul mukofotini toʻlash toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Oʻzbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlik uchun pul toʻlash tartibi belgilandi. “Savdo va xizmat koʻrsatish sohasida jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Maxsuc dastur orqali soliqqa oid huquqbuzarliklar aniqlangan holatlar haqida soliq organlarini xabardor qilgan jismoniy shaxslarga pul mukofotini toʻlash toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Unga koʻra, soliq organlari aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar holatlari haqida soliq organlarining maxsus dasturi orqali quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan holda xabardor qilinadi:

  • sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlik turi;
  • soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etgan xoʻjalik yurituvchi subyekt joylashgan joy.

Huquqbuzarliklar haqida xabar berishda jismoniy shaxs soliq organlarining maxsus dasturida mobil telefon hamda bank kartasi raqamlarini koʻrsatadi. Bir martalik pul mukofoti soliq huquqbuzarliklari uchun belgilangan jarimalarning 20 foizi miqdorida belgilanadi.

Jismoniy shaxslarga bir martalik pul mukofoti quyidagi holatlar toʻgʻrisida soliq organlarini xabardor qilganlik uchun toʻlanadi:

  • onlayn nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob terminallarini qoʻllash tartibi buzilgani;
  •  naqd pul mablagʻlari yoki plastik kartochkalar boʻyicha toʻlov shakliga qarab narxlar sunʼiy ravishda oshirilganligi yoki pasaytirilgani;
  • tadbirkorlik faoliyati davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshirilgani;
  • identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash nazarda tutilgan mahsulotlarda qalbaki markirovka qoʻllanilganligi yoki markirovka mavjud emasligi;
  • savdo va xizmatlar koʻrsatish qoidalarining buzilishi aniqlangan boshqa holatlar. 

Avvalroq Oʻzbekistonda yerni oʻzboshimchalik bilan egallab olish haqida xabar berganlar ragʻbatlantirilishi haqida xabar berilgandi.