Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 22,60 soʻmga koʻtarilib, 11 ming 184,63 soʻmni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 AQSH dollarining rasmiy kursi 22,60 soʻmga oshib, 11 ming 184,63 soʻmni tashkil etgan. 1 yevro kursi 11 ming 814,32 soʻmga baholanib, 50,66 soʻmga koʻtarildi.
Shuningdek, 1 rubl 164,06 soʻm etib belgilanib, 3,11 soʻmga oshdi.
Maʼlumot uchun, ushbu almashuv kurslari 12 may, payshanba kunidan kuchga kiradi.


