Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Iqtisodiyot va moliya

Rossiya Bolgariya va Polshaga gaz yetkazib berishni butunlay toʻxtatdi

Yetkazib berish toʻxtalishiga hisob-kitoblar rublda amalga oshirilmagani sabab boʻlgan.

“Gazprom” Bolgariyaning “Bulgargaz” va Polshaning PGNiG kompaniyalariga gaz yetkazib berishni hisob-kitob rublda amalga oshirilmagani uchun toʻliq toʻxtatdi. Bu haqda Rossiya kompaniyasi oʻzining Telegram-kanalida xabar berdi.

Kompaniya xabariga koʻra, 26 apreldagi ish kunining oxirida “Gazprom Eksport” aprel oyida “Bulgargaz” (Bolgariya) va PGNiG (Polsha)dan gaz yetkazib berish uchun rublda toʻlovlarni qabul qilib olmagan.

Maʼlumot uchun, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning farmoniga koʻra, 1 apreldan boshlab yetkazib beriladigan gaz uchun toʻlovlar rublda amalga oshirilishi kerak.

Yetkazib berishning toʻxtatilishi fonida Yevropada gaz narxi 10 foizdan koʻproqqa koʻtarildi. Moskva vaqti bilan soat 09:10 holatiga koʻra, Niderlandiyadagi Yevropa TTF markazidagi gaz fyucherslari 16,03 foizga oʻsdi va 119,8 yevroga tushdi.

Eslatib oʻtamiz, 23 mart kuni Prezident Putin Rossiya gazining Yevropa va boshqa “doʻst boʻlmagan davlatlar”ga yetkazib berilishi uchun toʻlovlarni rublga oʻtkazish boʻyicha koʻrsatma berdi. 

Oy oxirida u 1 apreldan kuchga kirgan ushbu davlatlar bilan hisob-kitoblarning yangi qoidalarini belgilovchi farmonni imzoladi.

Shu munosabat bilan “Gazprom Eksport” Bulgargaz va PGNiGʻni 27 apreldan Putin farmoni bilan belgilangan tartibda toʻlov amalga oshirilgunga qadar gaz yetkazib berishni toʻxtatib turishi haqida xabardor qildi.

Polshaning PGNiG neft va gaz konserni Rossiya tomonining talabini ixtiyoriy deb hisobladi. Konsern Rossiya gazini yetkazib berishni toʻxtatish shartnomani buzish deb hisoblashga vaʼda berdi va yoʻqotishlar uchun kompensatsiya talab qilish huquqiga ega ekanini taʼkidladi.