Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Moliya

Oʻzbekiston Rossiyadan olingan kreditlardan sanksiyalar sabab mahrum boʻlishi mumkinmi?

Tijorat banklarining xorijiy banklar oldidagi jami majburiyatlari tarkibida qattiq sanksiyalarga tushgan banklardan jalb qilingan moliyaviy resurslar ulushi yuqori emas.

Foto: Sputnik

Oʻzbekiston Markaziy banki jurnalist va blogerlar tomonidan yoʻllangan savollarga javob berib oʻtdi. Ular orasidagi savollarning birida sanksiyalarning Rossiyadan Oʻzbekistonga jalb qilingan kredit mablagʻlariga taʼsiri haqida soʻraldi.

Oʻzbekiston soʻnggi yillarda Rossiyadan katta miqdorda kredit resurslarini jalb qildi. Asosan hozirda sanksiyaga tushgan banklardan — “Gazprombank”, VTB, VEB va boshqalar. Bu banklar yirik iqtisodiy loyihalarni moliyalashtirishi lozimligini hisobga olsak, Oʻzbekiston sanksiyalar tufayli bu mablagʻlardan mahrum boʻlishi xavfi bormi?

— Tijorat banklarining xorijiy banklar oldidagi jami majburiyatlari tarkibida qattiq sanksiyalarga tushgan banklardan jalb qilingan moliyaviy resurslar ulushi yuqori emas.

Taʼkidlash joizki, mahalliy banklar tomonidan qatʼiy sanksiyaga tushgan banklardan jalb qilingan majburiyatlarini oʻz vaqtida va ikkilamchi sanksiyalar xavfini yaratmasdan qaytarish boʻyicha xalqaro yuridik konsalting kompaniyalari jalb qilingan.

Har bir tranzaksiya yuridik kompaniyalar xulosasi asosida amalga oshirish choralari koʻrildi. Bu, oʻz navbatida, kelgusida yirik iqtisodiy loyihalarni uzluksiz moliyalashtirish maqsadida xalqaro moliya bozorlaridan muammosiz resurslar jalb etish imkoniyatini yaratmoqda.

Avvalroq mutaxassis Dmitriy Trostyanskiy Oʻzbekistonda Rossiya moliya tizimi beqarorlashishining salbiy oqibatlarini kamaytirish boʻyicha koʻrilayotgan choralar haqida maʼlumot bergandi.