Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Moliya

Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi ketma-ket ikkinchi koʻtarildi

1 AQSH dollarining rasmiy kursi 20,28 soʻmga oshdi.

Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 20,28 soʻmga koʻtarilib, 11 ming 302,08 soʻmni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1 AQSH dollarining rasmiy kursi 20,28 soʻmga oshib, 11 ming 302,08 soʻmni tashkil etgan. 1 yevro kursi 12 ming 335,09 soʻmga baholanib, 89,82 soʻmga koʻtarilgan. 

Shuningdek, 1 rubl 141,94 soʻm etib belgilanib, 3,37 soʻmga koʻtarilgan.

Maʼlumot uchun, ushbu almashuv kurslari 22 aprel, juma kunidan kuchga kiradi.