Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Biznes

Putin 20 aprel kuni yirik biznes egalari bilan uchrashadi

Putin rossiyalik biznes vakillari bilan oxirgi marta 24 fevralda — Ukrainaga hujum boshlangan kuni uchrashgandi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 20 aprel kuni yirik biznes egalari va rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazadi, deb xabar berdi Bloomberg axborot manbalari. Yigʻilish kun tartibi hali eʼlon qilinmagan.

Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning soʻzlariga koʻra, bu maʼlumot “qisman haqiqatdir”. Uning taʼkidlashicha, 20 aprel kuni Putin metallurgiya sanoatidagi vaziyat boʻyicha yigʻilish oʻtkazishni rejalashtirmoqda.

“Prezident sohaviy uchrashuvlarni davom ettirmoqda. Bizda umumiy iqtisodiyot boʻyicha anʼanaviy yigʻilish boʻldi, ammo bu hafta Prezident va hukumat metallurgiya sanoati masalalari bilan ham shugʻullanadi”, — deya tushuntirdi Peskov.

Putin rossiyalik biznes vakillari bilan oxirgi marta 24 fevralda — Ukrainaga hujum boshlangan kuni uchrashgandi.

Bunda davlat rahbari biznesni “ishlab chiqarishni, iqtisodiyotni, ish oʻrinlarini qoʻllab-quvvatlovchi, lekin yuzaga kelayotgan voqelikdan kelib chiqadigan vositalarni izlashda hukumat bilan birdamlikda ishlashga” chaqirgan.

Bloombergʻning qayd etishicha, televizion uchrashuv YEI tomonidan “bir qancha rossiyalik tadbirkorlarga nisbatan sanksiyalar qoʻllash uchun bahona sifatida foydalanilgan”, chunki, Bryusselga koʻra, bu ularning Putinga yaqinligini koʻrsatgan.