Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Biznes

Urush taʼsiri: “Sberbank”ning sobiq top-menejeri Rossiyani tark etdi

“Vedomosti” manbalari Xasisning mamlakatni qachon tark etgani haqida turli maʼlumotlarni keltirmoqda.

“Sberbank” boshqaruvi raisining sobiq birinchi oʻrinbosari Lev Xasis AQSHga joʻnab ketdi, deb xabar bermoqda “Vedomosti” manbalari. U Amerika fuqaroligiga ega.

Nashrning yozishicha, bank unga elektron tijoratni ishonib topshirishni rejalashtirgan boʻlsa-da, u bilan hamkorlikni davom ettirmaydi.

“Vedomosti” manbalari Xasisning mamlakatni qachon tark etgani haqida turli maʼlumotlarni keltirmoqda. Biri u Rossiyaning Ukrainaga hujumi boshlanganidan soʻng darhol chiqib ketganini daʼvo qilsa, ikkinchisi Xasis bundan biroz oldin mamlakatni tark etganini taʼkidlaydi.

Nashr suhbatdoshining fikricha, sobiq top-menejerning ketishi bankning “Samokat” xizmatidagi vaziyatni murakkablashtiradi. Bu, xususan, hududlardagi xizmat ishining qisqarishiga olib keldi.

“U ʻSberbankʻ top-menejerlari orasida birinchilardan boʻlib mamlakatni tark etdi, bu esa xodimlarni hayratda qoldirdi. Undan keyin texnologik blokni boshqargan David Rafalovskiy (katta vitse-prezident, guruhning texnik direktori — tahr.) ham Rossiyadan ketdi”, — dedi bankdagi nashr manbasi.

Maʼlumot uchun, 15 aprel kuni “Sberbank” Xasisning 2022 yil 1 iyundan boshlab bank boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimini tark etish toʻgʻrisidagi qarori tasdiqlangani haqida xabar berdi. Shundan soʻng u elektron tijorat holdingining prezidenti boʻlishi rejalashtirilgan edi.

Avvalroq “Yandeks” kompaniyasining Rossiyadagi bosh direktori Yelena Bunina mamlakatni tark etgandi.