Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Biznes

Oʻzbekistonga olib kirilayotgan tovarlarning bojxona qiymati qanday aniqlanadi?

Hujjat qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 1 apreldan kuchga kirdi.

Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi. Qaror 2022 yil 1 maydan boshlab kuchga kiradi.

Qaror quyidagi normalarni oʻz ichiga oladi:

bojxona qiymatini aniqlash usullari va ularni qoʻllash tartibi. Bu usullar jami 6 ta boʻlib, asosiy hisoblangan birinchi usul tuzilgan tashqi savdo shartnomalari asosida olib kirilayotgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashda qoʻllaniladi. 

Import qilinadigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashning birinchi usulini qoʻllashning iloji boʻlmasa, qoʻyidagi usullar ketma-ketlikda qoʻllaniladi. Biroq, agar avvalgisidan foydalanish mumkin boʻlmasa, keyingi usuldan foydalanishga ruxsat beriladi.

Sotuvchi bilan sotib oluvchi oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik mavjud boʻlgan hollarni oʻrganish va bojxona qiymatini aniqlash. Bunday vaziyatda bojxona organi quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:

  • avval ushbu tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi bilan bitimlar mavjudligi va ular yuzasidan biron-bir eʼtirozlar boʻlganligini tekshirish;
  • bojxona organida mavjud boʻlgan mazkur bitimga bevosita yoki bilvosita tegishli boʻlgan axborotni tahlil etish;
  • moddiy tashuvchi orqali olib kiriladigan raqamli mahsulotlarning bojxona qiymatini aniqlash;
  • deklaratsiyalanmasdan yoki deklaratsiyada notoʻgʻri koʻrsatilib olib kirilgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash va qayta koʻrib chiqish. Bojxona chegarasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibga xilof ravishda oʻtkazilayotgan tovarlarning bojxona qiymati bozor narxidan kelib chiqib aniqlanadi;
  • bojxona bojlari va soliqlar toʻlashdan shartli ozod etilgan holda vaqtincha olib kirilgan tovarlarni erkin muomalaga chiqarishda bojxona qiymatini aniqlash;
  • avariya, yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida yoki nomaʼlum sabablarga koʻra shikastlanishi yoxud buzilishi, yaroqsiz holatga kelishi, yoʻqolishi va kamomadi aniqlangan tovarning bojxona qiymatini aniqlash;
  • bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar qoʻllanilgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash.

Hujjat qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 1 apreldan kuchga kirdi.