Mart oyi uchun inflyatsiya maʼlumotlari va koronavirus boʻyicha statistik maʼlumotlar eʼlon qilinganidan keyin Xitoy bozorlari tushib ketdi. Bu haqda Forbes yozmoqda.
Savdolar yakunida CSI 300 indeksi (Xitoyda sotiladigan eng yirik kompaniyalar aksiyalarini kuzatib boradi) 3 foizga, Shanxay fond birjasi indeksi 2,61 foizga, Gonkong Hang Seng indeksi 3 foizga tushdi.
Xitoyda ishlab chiqaruvchilar narxlari indeksi (tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchilarning ulgurji narxlari oʻzgarishini aks ettiradi) mart oyida yillik koʻrsatkichda 8,3 foizga oʻsdi.
Mart oyida narxlarning oʻsishi fevral oyida 8,8 foizga oshganidan keyin sekinlashdi, biroq kutilganidan yuqori boʻlib, 7.9 foizni tashkil etdi, deya xabar beradi Reuters Milliy statistika byurosi (NBS) maʼlumotlariga tayanib.
Bunday dinamika isteʼmol narxlarining oʻsishiga olib keldi: ular yillik hisobda 1,5 foizga oʻsdi va uch oy ichida eng tez oʻsishni koʻrsatdi hamda prognozdan 1,2 foizga oshdi. Fevral oyida Xitoyda inflyatsiya 0,9 foiz darajasida edi.
Isteʼmol narxlarining oʻsishiga qaramay, Xitoyda inflyatsiya global koʻrsatkichlarga nisbatan pastligicha qolmoqda, bu mamlakatda qattiq koronavirus cheklovlari sharoitida oddiy isteʼmoldan dalolat beradi.


