Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Moliya

“Qishloq qurilish bank” kredit qoʻyilmalari asosan qaysi sohalarga ajratilgan?

“Qishloq qurilish bank” 2021 yildagi faoliyati boʻyicha hisobot berdi.

Foto: AOKA

“Qishloq qurilish bank”ning 2021 yildagi faoliyati hisobotiga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda bank Boshqaruvi rahbariyati, tarkibiy tuzilmalar masʼul xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari  ishtirok etdi. Bu haqda Kommers.uz muxbiri xabar bermoqda.

Anjumanda bank tuzilmalari rahbarlari 2021 yilda  amalga oshirilgan  ishlar va oʻzgarishlar  boʻyicha maʼruza qildi. Xususan, bank tomonidan biznesni rivojlantirish uchun ajratilgan kreditlar, hududiy dasturlar va bankning investitsion faoliyati toʻgʻrisida  maʼlumot berildi. 

Qayd etilishicha, soʻnggi 5 yil davomida ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan ajratilgan kreditlar qoldigʻi 3,1 barobarga oshib, kredit qoʻyilmalarining tarkibi ham oʻzgargan. 

Ushbu davrda kredit portfeli tarkibida tadbirkorlik subyektlarining investitsiya loyihalari va ularni aylanma mablagʻlar bilan qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan kredit qoʻyilmalari 18 foizdan 47 foizga yetgan yoki 8,3 barobarga oshgan. 

Bankning kredit qoʻyilmalari 2021 yil boshiga nisbatan 3 triilion 714,4 milliard soʻmga yoki 27,1 foizga koʻpayib, 2022 yil 1 yanvar holatiga 17 419,4 milliard soʻmni tashkil etgan.

Bank kredit qoʻyilmalarining 6 trillion 228,8 milliard soʻmi yoki 35,6 foizi namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joylar qurilishiga, 1 trillion 327,8 milliard soʻm yoki 7,6 foizi sanoatga, 1 trillion 611,4 milliard soʻm yoki 9,2 foizi savdo va umumiy ovqatlanish sohasiga, 764,5 milliard soʻm yoki 4,4 foizi qishloq xoʻjaligiga, 284,4 milliard soʻm yoki 1,6 foizi transport va aloqa sohasiga, 827,0 milliard soʻm yoki 4,7 foizi qurilishga hamda 6 trillion 360,9 milliard soʻm yoki 36,4 foizi boshqa sohalarga ajratilgan.

Oʻz navbatida, kredit qoʻyilmalarining muddatlari boʻyicha ham bank tomonidan amalga oshirilayotgan chora tadbirlar oʻz samarasini berib, qisqa muddatli kredit qoʻyilmalari 1 trillion 511,1 milliard soʻm yoki umumiy qoʻyilmaning 9 foiziga yetdi.

Bank kreditlari koʻplab yangi ish oʻrinlari yaratilishiga ham asos boʻlmoqda. Jumladan, 2021 yil davomida kichik biznes subyektlarini moliyaviy qoʻllab quvvatlash maqsadida ajratilgan kreditlar oʻtgan yil shu davriga nisbatan 1 trillion 123,0 milliard soʻmga ortib, 2022 yil 1 yanvar holatiga 3 trillion 916 milliard soʻmni tashkil etgan, shundan 2 trillion 008 milliard soʻm aylanma mablagʻlar bilan qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan boʻlsa, 1 trillion 908 milliard soʻmi investitsiya loyihalariga yoʻnaltirilgan.