Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Biznes

Qishloq xoʻjaligi yerlarining ayrim foydalanuvchilariga soliq imtiyozi beriladi

Tuproq unumdorligini oshirish va eroziyadan muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirganlik uchun soliq imtiyozi beriladi.

Foto: Sputnik

Oʻzbekistonda tuproq unumdorligini oshirish va eroziyadan muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirganlik uchun soliq imtiyozlari beriladi. Prezidentning “Paxta maydonlarida tuproq unumdorligini va hosildorlikni oshirish, sugʻorishning yangi texnologiyalarini joriy etishni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchi (ijarachi)larga paxta maydonlarida tuproq unumdorligini oshirish tadbirlari uchun 2022–2023 yillarda sinov tariqasida ragʻbatlantirishning quyidagi mexanizmlari joriy etiladi:

  • tuproq unumdorligini oshirish va eroziyadan muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirganlik uchun soliq imtiyozlari beriladi;
  • yerlarni tiklash, qayta foydalanishga kiritish va yangidan oʻzlashtirish, rekultivatsiyalash va melioratsiyalash tadbirlarini bajarish uchun subsidiyalar ajratiladi va yer soligʻidan qisman ozod etiladi.

Avvalroq qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilarga har bir gektar maydonga 1 mln soʻmdan subsidiya ajratilishi haqida xabar berilgandi.