Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Biznes

Jahon savdosida dollardan voz kechilishi haqiqatga qanchalik yaqin?

Amerika iqtisodiyoti va siyosiy tizimi sarmoyadorlarga dollardagi sarmoyalarni oshirish imkonini beradi.

Foto: “Interesnaya Rossiya”

Amerika Qoʻshma Shtatlari dollaridan yaqin orada jahon miqyosida voz kechilishi haqidagi taxminlar asossiz. Bu haqda rossiyalik iqtisodchi Andrey Maslov aytib oʻtdi.

Uning taʼkidlashicha, dollar hamon jahon savdosi va turli mamlakatlar milliy banklari zahiralarida asosiy valyuta boʻlib qolmoqda, shuning uchun ham Amerika valyutasidan jahon miqyosida yaqin orada voz kechilishi haqidagi taxminlar asossiz.

“Aytish joizki, dollarning jahon savdosidagi ulushi qariyb 50 foiz, zaxiradagi ulushi esa 60 foizni tashkil etgan boʻlsa, yuanning ulushi besh foizga yaqin. Shu bois, dedollarizatsiya va dollarni yuanga almashtirish haqida gapirish, garchi bu suhbatlar yillar davomida davom etayotgan boʻlsada, oʻta asossizdir”, — dedi u.

Mutaxassisning qoʻshimcha qilishicha, dollarga investitsiyalar faqat ushbu valyuta beqaror boʻlsagina toʻxtaydi.

“Buning uchun jahon moliya tizimida global inqiroz yuzaga kelishi kerak”, — deya qoʻshimcha qildi Maslov.

Tahlilchining aytishicha, Amerika iqtisodiyoti va siyosiy tizimi investorlarga dollardagi sarmoyalarni oshirish imkonini beradi.

Avvalroq AQSHdan Rossiyaga toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita dollar banknotlarini eksport, reeksport qilish, sotish yoki yetkazib berish taqiqlangandi.