Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Moliya

Soliq organlari rahbariyati hududlarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar oʻtkazadi

Samarqand shahrida oʻtkaziladigan ochiq muloqot 24 martdan 29–30 mart kunlariga koʻchirildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat soliq qoʻmitasi va hududiy davlat soliq xizmati organlari rahbariyati 24 mart kuni hududlarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar oʻtkazadi. Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Davlat soliq qoʻmitasi va hududiy davlat soliq xizmati organlari rahbariyati hududlarda tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar oʻtkazmoqda.

Qayd etilishicha, 24 mart kuni oʻtkaziladigan uchrashuvlarning vaqti va joyi quyidagicha belgilangan:

  • Toshkent viloyati — Zangiota tumani hokimiyatida (soat 10:30);
  • Buxoro viloyati — Buxoro shahar hokimiyati (soat 11:00) va Kogon shahar hokimiyatida (soat 15:00);
  • Xorazm viloyati — Shovot tumani hokimiyati (soat 10:00) Qoʻshkoʻpir tumani hokimiyatida (soat 15:00);
  • Toshkent shahri — Yunusobod tumani hokimiyati (soat 15:00) va Mirzo Ulugʻbek tumani Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filialida (soat 17:00);
  • Jizzax viloyati — viloyat davlat soliq boshqarmasi (soat 10:00) va Zomin tumanidagi Musiqa va sanʼat maktabida (soat 15:00).

Taʼkidlanishicha, Samarqand shahrida oʻtkaziladigan ochiq muloqot 24 martdan 29–30 mart kunlariga koʻchirildi. Uchrashuv vaqti va joyi haqida qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

Avvalroq Oʻzbekistonning ikki viloyatidagi tadbirkorlik subyektlariga soliq imtiyozlari berilgani xabar qilingandi. Shuningdek, Prezident soliq yukini kamaytirish vazifasini qoʻygani haqida xabar berildi.