InfinBANK virtual Visa kartalarini chiqarishni boshladi. Kartani bankka bormasdan sanoqli daqiqalarda onlayn buyurtirish va olish mumkin.
Virtual karta aynan internetdagi xavfsiz xaridlar uchun moʻljallangan. Uning standart bank kartasidan yagona farqi shundaki, bunday kartalarda moddiy shakli mavjud boʻlmaydi va u telefoningizdagi InfinBANK mobil ilovasida ishlaydi.
InfinBANK chiqarayotgan virtual Visa kartasi bir qator afzalliklarga ega. Unga bankka bormasdan bankning mobil ilovasi orqali bepul buyurtma berish va olish mumkin. Buning uchun bankning mijozi boʻlishning oʻzi kifoya.
Moddiy shaklining yoʻqligi tufayli karta sanoqli soniyalar ichida chiqariladi. Va albatta, virtual kartaning asosiy afzalligi bu uning internetda tekshirilgan va ishonchli hisob-kitiblarni taʼminlashidir.
Tabiiyki, uni yoʻqotish imkonsiz. Bundan tashqari virtual Visa kartalari internet-toʻlovlar xavfsizligini oshirishga moʻljallangan ikki bosqichli 3-D Secure autentifikatsiya protokoli bilan taʼminlangan.
Virtual karta yordamida:
- Amazon, AliBaba va boshqa onlayn doʻkonlarda xaridlarni amalga oshirishingiz;
- pulli xizmatlarda obuna haqini toʻlashingiz;
- telefon yoki kompyuteringiz uchun pulli ilovalarni xarid qilishingiz;
- majburiy tartibda bank kartasi rekvizitlarini talab qiladigan xizmatlarda roʻyxatdan oʻtishingiz;
- konvertatsiya, pul oʻtkazmalarini amalga oshirishingiz, hamda omonatlarni toʻldirishingiz mumkin.
Oʻzingizning virtual Visa kartangizga hoziroq buyurtma bering!


