“InfinBANK” virtual Visa kartalarini chiqarishni boshladi. Kartani bankka bormasdan sanoqli daqiqalarda onlayn buyurtirish va olish mumkin.
Virtual karta aynan internetdagi xavfsiz xaridlar uchun moʻljallangan. Uning standart bank kartasidan yagona farqi shundaki, bunday kartalarda moddiy shakli mavjud boʻlmaydi va u telefondagi InfinBANK mobil ilovasida ishlaydi.
“InfinBANK” chiqarayotgan virtual Visa kartasi bir qator afzalliklarga ega. Unga bankka bormasdan bankning mobil ilovasi orqali yoki Telegram-boti orqali buyurtma berish, toʻlovni amalga oshirish va olish mumkin. Buning uchun bankning identifikatsiyalangan mijozi boʻlishning oʻzi kifoya. Moddiy shaklining yoʻqligi tufayli karta sanoqli soniyalar ichida chiqariladi. Va, albatta, virtual kartaning asosiy afzalligi bu uning internetda tekshirilgan va ishonchli hisob-kitiblarni taʼminlashidir.
Tabiiyki, uni yoʻqotish imkonsiz, shuning uchun u firibgarlarning qoʻliga tushishidan aslo xavotir olmasa boʻladi — hatto ular karta maʼlumotlarini qoʻlga kiritgan taqdirda ham, undan foydalana olmaydi. Bundan tashqari, virtual Visa kartalari internet-toʻlovlar xavfsizligini oshirishga moʻljallangan ikki bosqichli 3-D Secure autentifikatsiya protokoli bilan taʼminlangan.
Virtual karta yordamida:
- Amazon, AliBaba va boshqa onlayn doʻkonlarda xaridlarni amalga oshirish;
- pulli xizmatlarda obuna haqini toʻlash;
- telefon yoki kompyuter uchun pulli ilovalarni xarid qilish;
- majburiy tartibda bank kartasi rekvizitlarini talab qiladigan xizmatlarda roʻyxatdan oʻtish;
- konvertatsiya, pul oʻtkazmalarini amalga oshirish hamda omonatlarni toʻldirish mumkin.
Oʻz virtual Visa kartangizga hoziroq buyurtma bering: Sayt | Telegram
Reklama


