Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 180,26 soʻmga koʻtarilib, 11 ming 330,38 soʻmni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 AQSH dollarining rasmiy kursi 180,26 soʻmga oshib, 11 ming 330,38 soʻmni tashkil etgan. 1 yevro kursi 12 ming 448,69 soʻmga baholanib, 177,98 soʻmga oshdi. Shuningdek, 1 rubl 105,15 soʻm etib belgilanib, 5,89 soʻmga koʻtarildi.
Maʼlumot uchun, ushbu almashuv kurslari 17 mart, payshanba kunidan kuchga kiradi.


