Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Oʻzbekistonda shifokorlar taqdiri haqida hikoya qiluvchi yangi film namoyish etiladi

“Ayol qalbi” kinokartinasida bosh rolni Raʼno Shodiyeva ijro etgan

Rejissyor Jamila Poʻlatovaning “Ayol qalbi” kinokartinasi dolzarb mavzuda yaratilgan boʻlib, unda Oʻzbekistonda tibbiyot sohasida faoliyat olib borayotgan shifokorlar taqdiri va kechinmalari haqida hikoya qilinadi. Bosh rolni Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, mahoratli aktrisa Raʼno Shodiyeva oʻziga xos talqinda olib chiqqan. Filmda uning yolgʻizligi, qalbidagi kemtik tuygʻulari oʻziga xos rakurslarda yaratilgan.

Tugʻuruqxonadagi voqealar, onalik baxti ostonasidagi ayollarning kechinmalari, dramatik voqealarga boy epizodlar, mahoratli aktyorlar ijrosida olib chiqilgan. Bir soʻz bilan aytganda, “Ayol qalbi” bugungi tomoshabin uchun tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan kinokartinadir.

Prezident soʻnggi yillarda ayollar faolligiga, gender tenglik va xotin-qizlar muammolariga koʻp eʼtibor qaratmoqda. Mazkur film aynan ayollarning onalikdan tashqari jamiyat uchun kerakli mutaxassis ekani, uning qalbi va tugʻyonlari badiiy film talqinida yaratilgan.

Kinematografiya agentligi tomonidan soʻnggi yillarda ayollar mavzulariga bagʻishlangan filmlar soni ortmoqda. Jumladan, “Ayol qismati”, “Mehr”, “Muhabbat bahori”, “Rangsiz tushlar”, “Faridaning 2000 qoʻshigʻi”, “Tutqunlik” kabi kino asarlar oʻz tomoshabinlarini topmoqda.

Reklama