Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 38,68 soʻmga koʻtarilib, 10 ming 957,36 soʻmni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 AQSH dollarining rasmiy kursi 38,68 soʻmga oshib, 10 ming 957,36 soʻmni tashkil etgan. 1 yevro kursi 12 ming 96,93 soʻmga baholanib, 119,14 soʻmga oshdi. Shuningdek, 1 rubl 92,02 soʻm etib belgilanib, 11,44 soʻmga koʻtarildi.
Maʼlumot uchun, ushbu almashuv kurslari 11 mart, juma kunidan kuchga kiradi.


