Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Moliya

Rossiyada dollar va yevro kurslari tarixiy maksimumni yangiladi

1 dollar eng yuqori choʻqqisida 120,83 rublga teng boʻldi.

Foto: “fxdailyreport.com”

Rossiyada dollar va yevro kurslari tarixiy maksimumni yangiladi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 9 mart kuni Moskva birjasidagi savdolar davomida dollar va yevro kurslari yana oʻzining tarixiy choʻqqilarini yangiladi. Dollar esa birja tomonidan oʻrnatilgan yangi yuqori chegaraga — 120,83 rublga, yevro 131 rublga yetdi.

Dollari kursi Toshkent vaqti bilan 13:53 da 118,51 rublni tashkil etdi, bu avvalgi savdolar yopilish darajasidan 13,51 rublga yuqori. 7,01 rublga qimmatlashgan yevro 126 rublga baholandi. Ikki valyutali savatning narxi (0,55 dollar va 0,45 yevro) 10,58 rublga oshib, 121,89 rublni tashkil qildi.

Dollar amaldagi rasmiy kursdan 12,7 rublga, yevro esa rasmiy kursdan 10,3 rublga qimmatroq boʻldi.

Avvalroq Yaponiya Alisher Usmonov va Ramzan Qodirovga nisbatan sanksiyalar kiritgani xabar qilingandi. Shuningdek, AQSH senatorlari Rossiya zaxiralaridagi oltin bilan operatsiyalarni taqiqlashni taklif qilgani haqida xabar berildi.