Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Iqtisodiyot va moliya

Lukashenko Belarusga qarshi sanksiyalarga munosabat bildirdi

Belarus Prezidenti Minsk va Moskvaga qarshi sanksiyalarni qabul qilganlar oxir-oqibat kechirim soʻrashini taʼkidladi.

Foto: Belarus Prezidenti matbuot xizmati

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Belarusga qarshi sanksiyalarga munosabat bildirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Lukashenkoning fikricha, Minsk va Moskvaga qarshi sanksiyalarni qabul qilgan davlatlar oxir-oqibat kechirim soʻrab, hamkorlik qilishni iltimos qiladi. U bu haqda Raubichidagi “Minsk togʻ-changʻi” musobaqasida maʼlum qildi.

“Siz Yevropaning Rossiyaga qarshi aqldan ozgan sanksiyalarini koʻrmoqdasiz. Rossiya Belarus orqali sanksiyalarni chetlab oʻtmasligi uchun Bizni ham bunga aralashtirishdi. Xoʻsh, nima deyish mumkin? Mushuklar dam olmoqda”, — dedi u.

Qayd etilishicha, Lukashenko Xalqaro mushuklar federatsiyasi (FIFE)ning Rossiyadan kelgan mushuklarni xalqaro koʻrgazmalarda qatnashishni taqiqlash tashabbusini nazarda tutgan.

Uning taʼkidlashicha, Rossiyada koʻplab Belarus loyihalari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, ularni Rossiya tomoni qoʻllab-quvvatlamoqda.

“Keling, sabr qilaylik. Bir yil sabr qilamiz, keyin koʻrasiz — ular oldimizga kelishadi, kechirim soʻrab, ular bilan hamkorlik qilishimizni soʻrashadi”, — dedi Belarus Prezidenti.

Avvalroq Lukashenko Ukrainaning Belarus kaliyli oʻgʻitlaridan voz kechganini aytgani xabar qilingandi. Shuningdek, JPMorgan Rossiyani 1998 yildagi kabi iqtisodiy inqiroz xavfidan ogohlantirgani haqida xabar berildi.