“Yandeks” aksiyadorlarini defolt xavfidan ogohlantirdi. Bu haqda kompaniya saytidagi xabarda maʼlum qilindi.
“Yandeks” aksiyadorlarini Ukrainada “maxsus operatsiya” boshlanganidan keyin joriy qilingan cheklovlar oqibatlari haqidan xabardor qildi.
“ʻYandeksʻ guruhida umuman notalarni toʻliq qaytarish uchun zarur boʻlgan resurslar yoʻq. Agar kompaniya aksiyadorlari qoʻshimcha mablagʻlarsiz katta miqdordagi aksiyalarni sotib olish huquqidan foydalansa, bu bizning qisqa muddatli moliyaviy holatimizga sezilarli darajada salbiy taʼsir qiladi va boshqa majburiyatlarni bajarish qobiliyatimizga taʼsir qilishi mumkin”, deyiladi kompaniya xabarida.
Qayd etilishicha, 28 fevral kuni NASDAQ va Nyu-York fond birjasida “Yandeks”, shuningdek, boshqa bir qator Rossiya kompaniyalari qimmatli qogʻozlari savdosi toʻxtatildi. “Yandeks”, agar NASDAQʻ A toifali aksiyalar savdosi besh savdo kunidan koʻproq muddatga toʻxtatilsa, aksiyadorlar obligatsiyalarni naqd pulga chiqarishni talab qilish huquqiga ega ekanini taʼkidladi.
Gap 0,25 foiz stavkali 2025 yilda soʻndirilishi kerak boʻlgan 1,25 milliard dollarlik obligatsiyalar haqida ketmoqda. “Yandeks” vakili kompaniya oʻz xabarida “nazariy jihatdan mumkin boʻlgan xavflar” haqida ogohlantirganini taʼkidladi.
Avvalroq “Yandeks” rahbari Arkadiy Voloj milliarder maqomidan mahrum boʻlgani xabar qilingandi. Shuningdek, “Yandeks” 2021 yil qancha daromad topgani haqida xabar berildi.


