Nastarin muddatli depoziti milliy valyutada qoʻyilib, jami 15 oyga moʻljallangan. Minimal depozit summasi 10 million soʻmni tashkil etadi, yillik foiz stavkasi esa 22 foizga teng.
Foizlar avtomatik tarzda hisoblanib, mijozning talab qilib olingunga qadar boʻlgan depozit hisobvaragʻi yoki elektron hamyon hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Omonat muddati tugaguncha pul mablagʻlarini bir shart — kamida 10 million soʻmga teng qoldiqni saqlash sharti bilan qisman yechib olish mumkin.
Depozit belgilangan muddatdan oldin yopilganda, hisoblangan foizlar toʻliq oy uchun toʻlab beriladi. Shuningdek, mazkur depozitni ham ilova yordamida, ham bank filialiga tashrif buyurgan holda ochish mumkin. Bu esa mijozga qoʻshimcha qulaylik yaratadi.
Reklama


