Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Biznes

Rauf Komiljonov “Savdogarbank”ning deyarli 100 foiz aksiyasini sotib oldi

Rauf Komiljonov Makro supermarketlar tarmogʻi, Profit Store va Ramirus Gas Service hammuassisi hisoblanadi.

Foto: “Savdogarbank”

Rauf Komiljonov “Savdogarbank”ning yana 45,73 foiz aksiyasini sotib olib, bankdagi ulushini 99,26 foizga yetkazdi. Buni “Toshkent” fond birjasi maʼlumotlari tasdiqlaydi.

Maʼlumotlarga koʻra, bitim davomida 71,3 milliard soʻmlik aksiyalar paketi sotib olingan. 2021 yilning noyabr oyida Komiljonov “Savdogarbank”ning 53,52 foiz aksiyasini 83,5 milliard soʻmga sotib olgan edi.

Maʼlumot uchun, Rauf Komiljonov Makro supermarketlar tarmogʻi, Profit Store va Ramirus Gas Service hammuassisi hisoblanadi.

“Savdogarbank” 27 dekabr kuni oʻtkazilgan navbatdan tashqari yigʻilishida bank kuzatuv kengashi yangi tarkibda saylangandi.

Shuningdek, yigʻilishda bank boshqaruvi raisi lavozimiga 2018 yildan buyon “Milliy bank” boshqaruv raisining oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan Abror Muhammadxonov nomzodi tasdiqlangan. Keyinchalik bank kuzatuv kengashi yangi tarkibiga mustaqil aʼzo sifatida ikki nafar “Milliy bank” xodimlari ham kiritildi.