Ozarbayjonning ijtimoiy sugʻurta va pensiya taʼminoti boʻyicha tajribasi Oʻzbekiston uchun muhim. Bu haqda Pensiya jamgʻarmasi ijrochi direktori Abdulaziz Haydarov Ozarbayjon davlat ijtimoiy himoya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi Himolay Mamishov bilan uchrashuvda aytib oʻtdi.
Moliya vazirligi axborot xizmatining qayd etishicha, uchrashuvda Mamishov Ozarbayjonda ijtimoiy taʼminot sohasida amalga oshirilayotgan soʻnggi islohotlar, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan soʻnggi paytlarda amalga oshirilayotgan ishlar, aholiga koʻrsatilayotgan elektron va proaktiv xizmatlar, shuningdek, ushbu sohani takomillashtirishning ustuvor maqsadlari haqida soʻzlab berdi.

Oʻz navbatida, Xaydarov Oʻzbekistonda pensiya taʼminoti sohasida amalga oshirilgan ishlar haqida gapirar ekan, Ozarbayjonning ijtimoiy sugʻurta va pensiya taʼminoti boʻyicha tajribasi Oʻzbekiston tomoni uchun muhimligini taʼkidladi.
Tomonlar oʻzaro tajriba almashishni yanada kengaytirish, oʻzaro tashriflar tashkil etish, samarali hamkorlikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildi.


