Buyuk Britaniyaning Rolls-Royce holdingi samolyot dvigatellari ishlab chiqarishda foydalaniladigan Rossiya titanini sotib olishni vaqtincha toʻxtatadi. Bu haqda kompaniya rahbari Uorren Ist maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, kompaniya Ukrainadagi yangi mojaroni oldindan sezib, yetarlicha metall toʻplagan va u bilan oʻzini boshqa yetkazib beruvchilar orqali taʼminlay oladi.
“Biz soʻnggi bir necha oy ichida manbalarimizni diversifikatsiya qildik. Bundan tashqari, rus yetkazib beruvchimizning zaxiralarini toʻpladik. Boshqa joylardan ham titan olishimiz mumkin. Rossiyadan bir muddat titan olmaymiz deb oʻylayman”, — dedi Ist.
Rolls-Royce 2015 yildan beri bosqichma-bosqich Rossiya titaniga qaramlikdan voz kechmoqda.
Maʼlumot oʻrnida 24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainada maxsus harbiy operatsiya oʻtkazilishini maʼlum qildi. Kiyev Moskva bilan diplomatik aloqalarni uzdi.


