Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 46,85 soʻmga koʻtarilib, 10 ming 888,07 soʻmni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 AQSH dollarining rasmiy kursi 46,85 soʻmga oshib, 10 ming 888,07 soʻmni tashkil etgan. 1 yevro kursi 12 ming 373,20 soʻmga baholanib, 45,65 soʻmga koʻtarildi. Shuningdek, 1 rubl 141,57 soʻm etib belgilanib, 1,55 soʻmga pasaydi.
Maʼlumot uchun, ushbu almashuv kurslari 22 fevral, seshanba kunidan kuchga kiradi.


