Ukraina 2022 yil mudofaa uchun 11 milliard dollar ajratgan. Rossiya esa sohaga qariyb 4 barobar koʻp — 46 milliard dollar yoʻnaltirgan.
Ukrainaning 2022 yilgi davlat byudjetida milliy xavfsizlik va mudofaa xarajatlari 323,138 milliard grivnani (joriy kurs boʻyicha 11,4 milliard dollardan ortiq) yoki YAIMning 6 foizini tashkil etishi koʻzda tutilgan.
Rossiya esa 2022 yilda harbiy xarajatlar uchun 46,3 milliard dollar ajratgan.
Qayd etish kerakki, Ukraina 2022 yilda Mudofaa vazirligini moliyalashtirishni 22 milliard grivnaga (hozirgi kurs boʻyicha 777 million dollardan koʻproq) oshirish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini koʻrib chiqmoqda.
Reuters nashrining yozishicha, Ukraina 2021 yil mudofaa uchun 4,3 milliard dollar sarflagan. Rossiyaning oʻtgan yilgi harbiy xarajatlari esa 40 milliard dollarga teng boʻldi.
Avvalroq Ukraina soʻnggi oylarda Gʻarbdan qancha mablagʻ olgani maʼlum boʻlgandi.


