Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 11,33 soʻmga koʻtarilib, 10 ming 856,41 soʻmni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 AQSH dollarining rasmiy kursi 11,33 soʻmga oshib, 10 ming 856,41 soʻmni tashkil etgan. 1 yevro kursi 12 ming 335,05 soʻmga baholanib, 4,48 soʻmga tushdi. Shuningdek, 1 rubl 142,91 soʻm etib belgilanib, 1,36 soʻmga pasaydi.
Maʼlumot uchun, ushbu almashuv kurslari 18 fevral, juma kunidan kuchga kiradi.


