Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Iqtisodiyot va moliya

Oʻzbekistonda qoʻy va echki xaridi uchun 5 yilgacha kreditlar ajratiladi

Yil yakuniga qadar naslli qoʻy koʻpaytirish boʻyicha 133 ta loyihani ishga tushirish vazifasi qoʻyildi.

Foto: “fermer.ru”

Qoʻy va echki xaridi uchun 5 yilgacha, sut, goʻsht hamda junni qayta ishlash uchun 10 yilga kreditlar ajratiladi. Bu haqda Prezident yigʻilishida taʼkidlandi.

Yigʻilishda qoʻy-echkilar sonini keskin koʻpaytirib, aholini jundan mahsulot toʻqib, daromad topishga ragʻbatlantirish uchun Angren, Koson, Romitan va Navbahordagi kooperatsiya boʻyicha namunali tajribalar koʻrsatib oʻtilgan va ularni ikki oy muddatda 60 ta tumanda yoʻlga qoʻyish topshirigʻi berilgan.

Yil yakuniga qadar naslli qoʻy koʻpaytirish boʻyicha 133 ta loyihani ishga tushirish vazifasi qoʻyildi. Bunda:

  • jun va sut yoʻnalishida naslli qoʻy va echki xarid qilish uchun 5 yilgacha 3 yil imtiyozli davr bilan;
  • chorvachilik xoʻjaliklari tomonidan aholi xonadonlaridan jun va sut mahsulotlarini sotib olishga 12 oygacha 9 oy imtiyozli davr bilan;
  • yem ozuqa, shuningdek sut, goʻsht va junni qayta ishlash sexlarini tashkil etishga 10 yil muddatga 3 yil imtiyozli davr bilan kreditlar ajratiladi.

Aholiga ushbu kreditlar hokim yordamchilari tavsiyasi asosida 50 million soʻmgacha garov taʼminotisiz ajratiladi, kredit foizining yarmini qoplashga kompensatsiya beriladi.

Avvalroq Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi boʻyicha 3 ta hudud tajribasi uchun 10 yillik xorijiy kreditlar ajratilishi xabar qilingandi.