Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi tomonidan 1–13 fevral kunlari Qoʻyliq va Chorsu dehqon bozorlarida asosiy isteʼmol tovarlarining ulgurji narxlari boʻyicha kuzatuv natijalari eʼlon qilinib borildi. Vazirlik bozorlarga keltirilayotgan mahsulotlar tarkibi yuzasidan tahliliy maʼlumot berdi.
Tezkor maʼlumotlarga asosan, Qoʻyliq bozoriga 1–13 fevral kunlari hududlardan jami 9,2 ming tonna mahsulot, xususan, 4,5 ming tonna kartoshka, 3,0 ming tonna piyoz, 544 tonna karam va 795 tonna sabzi keltirilgan.
Shundan, Toshkent viloyatidan 203 tonna kartoshka, 851 tonna piyoz, 544 tonna karam, 297 tonna sabzi, Samarqand viloyatidan 1597 tonna piyoz, Jizzax viloyatidan 586 tonna piyoz, Qashqadaryo viloyatidan 202 tonna, Surxondaryo viloyatidan 187 tonna va Sirdaryo viloyatidan 109 tonna sabzi mahsulotlari yetkazib berilgan.
Shuningdek, Qoʻyliq bozoriga Qozogʻistondan 578 tonna, Qirgʻizistondan 292 tonna, Afgʻonistondan 599 tonna, Pokistondan 2196 tonna va Eron davlatidan 670 tonna kartoshka keltirilgan.
Shu bilan birga, hududlardan Chorsu dehqon bozoriga 1–13 fevral kunlari jami 143,8 tonna, shu jumladan 115,6 tonna mol goʻshti va 28,2 tonna qoʻy goʻshti keltirib sotilgan.
Avvalroq Oʻzbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar ajratilishi xabar qilingandi. Shuningdek, Senat ayrim mahsulotlarni QQSdan ozod qiluvchi qonunni maʼqullagani haqida xabar berildi.


