Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Biznes

“Asaka bank”ning 2 nafar xodimiga qidiruv eʼlon qilindi. Ular bankka 503 ming dollar zarar yetkazgan

Jinoiy guruhning qoʻlga olingan aʼzolari sud oldida javob bermoqda.

Foto: “Asaka bank”

“Asakabank” AJning 3 nafar xodimi 2 million dollar miqdoridagi imtiyozli kreditni qoʻlga kiritish maqsadida ikki nafar tadbirkor bilan oʻzaro jinoiy til biriktirdi. Bu haqda Milliy axborot agentligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, “Asakabank” AJ Buxoro viloyati filiali boshqaruvchisi Murodov (sobiq), kreditlash boʻlimi boshligʻi Yadgarov, “Asakabank” AJning bosh ofisi Ichki audit xizmati boshligʻi Idiyev Osiyo taraqqiyot banki mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan 2 million dollar miqdoridagi imtiyozli kreditni qoʻlga kiritish maqsadida “Grand Buxara Agro” MCHJ rahbari Baxronov, “Kafil sugʻurta” MCHJning Buxoro filiali mudiri Abdurahmonov bilan oʻzaro jinoiy til biriktirgan.

Jinoiy kelishuv natijasida xorijiy valyuta asl narxidan ikki baravar qimmatga kelishilgan issiqxona majmuasini sotib olishga yoʻnaltirilgan. Kredit qaytarilishini taʼminotsiz qoldirib, davlat va bank manfaatlariga 503 ming dollar miqdorida zarar yetkazilgan.

“Hozirda bank sobiq boshqaruvchisi Murodov va bosh ofis Ichki audit xizmati boshligʻi Idiyevga qidiruv eʼlon qilingan. Jinoiy guruhning qolgan aʼzolari sud oldida javob bermoqda”, deyiladi xabarda.

Avvalroq “Asakabank”ni xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda transformatsiya qilish hamda xususiylashtirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash rejalashtirilayotgani xabar qilingandi.