Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Biznes

Reklamada minnatdorchilik va dorilarning taʼsiri haqida hikoyalar aytish taqiqlanmoqda

Yangi tahrirdagi qonun bilan normalarni qoʻllashda noaniqliklarga olib kelgan ayrim tushunchalarga aniqlik kiritilmoqda.

Foto: Depositphotos

Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi ishchi guruhining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda yangi tahrirdagi “Reklama toʻgʻrisida”gi qonun muhokama qilindi.

Yangi tahrirdagi qonun bilan normalarni qoʻllashda noaniqliklarga olib kelgan ayrim tushunchalarga aniqlik kiritilib, yangi tushunchalar kiritilmoqda.

Jumladan, dori vositalarini reklama qilishda quyidagilar taqiqlanmoqda:

  • taniqli shaxslarning, tibbiyot xodimlarining yoki tashqi koʻrinishi shifokorlarning tashqi koʻrinishiga oʻxshash shaxslarning ishtirok etishi;
  • olimlarning, tibbiyot xodimlarining tavsiyalaridan, xuddi shuningdek alohida shaxslarning minnatdorchiligidan, tavsiyalaridan va reklama qilinayotgan dori vositalarining taʼsiri haqidagi hikoyalaridan iborat boʻlgan tavsiyalardan foydalanish taqiqlanmoqda.

Qayd etilishicha, telekanallarda davomiyligi oʻn daqiqadan kam boʻlgan telekoʻrsatuvlarni reklama bilan uzib qoʻyishga va reklama bilan birga namoyish etishga yoʻl qoʻyilmaydi.