2021 yilda Christieʻs auksionida meteoritlarga boʻlgan qiziqish kripto-investorlar tufayli ayniqsa yuqori boʻldi. Bu haqda Bloomberg yozmoqda.
Qayd etilishicha, 2022 yil auksion fazoning turli qismlaridan Yerga qulagan meteoritlarning 66 tasini sotuvga qoʻyadi. Ulardan biri 500 ming dollardan 800 ming dollargacha baholanmoqda.
2021 yil Christieʻs auksionga qoʻyilgan barcha 75 ta meteoritni sotdi, ulardan 72 tasi belgilangan narxdan qimmatroq sotilgan.
“Bu rekord kelishuv edi”, — deydi kompaniyaning fan va tabiiy tarix boʻlimi rahbari Jeyms Xislop.
Xislopning taʼkidlashicha, sotuvlarning oʻsishi kripto sanoatidagi yangi investorlar bilan bogʻliq.
“Har bir soʻnggi sotuvdan soʻng xaridorlarning oʻrtacha yoshi pasayishi qiziq va buning sabablaridan biri kriptoindustriyada pul ishlab topganlar koʻpligi va ular odatda yosh boʻladi”, — deb tushuntirdi u.
Taʼkidlanishicha, bunday xaridorlar oʻzlarini “kriptoboylar” deb ataydi.
“Oxirgi sotuvda ishtirok etganlarning baʼzilari haqiqatan ham meteoritlarni sotib olishlari mumkinligini anglab yetdilar va endi shijoatga toʻladirlar”, — deya qoʻshimcha qildi ekspert.
2022 yildan boshlab 66 ta lot Christieʻs auksion uyida 9-23 fevral kunlari sotuvga chiqariladi.
Ulardan biri 500 mingdan 800 ming dollargacha baholanmoqda. Bu Yerga tushgan Marsning uchinchi eng katta boʻlagidir.
Maʼlum qilinishicha, meteoritning narxi uning hajmi, shakli, tarixi va kimyoviy tarkibiga qarab belgilanadi. Shu bilan birga, mutaxassisning taʼkidlashicha, barcha katta lotlar “logistik dahshatli tush” ga aylanadi. Misol uchun, Namibiyadagi Xoba meteoritining ogʻirligi taxminan 60 tonnani tashkil etadi va Amerika tabiiy tarix muzeyidagi Uillamett meteoritining ogʻirligi 15,5 tonnani tashkil qiladi.


