Oʻzbekistonda Humo toʻlov tizimining bankomatlari butunlay kontaktsiz ishlay boshladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Humo bankomatlari xuddi terminallar kabi kontaktsiz ishlay boshladi. Endi naqd pullarni olish uchun kartani NFC belgisiga tekkizish va PIN-kodni kiritish kifoya.
Taʼkidlanishicha, hozirda bankomatlarni naqd pul olishning ushbu usuliga ulash ishlari faol olib borilmoqda.
“Bankomatdan kontaktsiz uslubda foydalanishdan avval NFC skaner yoritilib turganiga ishonch hosil qiling va bankomat xizmatidan foydalaning”, deyiladi xabarda.
Avvalroq Uzcard va Humo kartalari terminallari birlashtirilishi haqida xabar berilgandi.


