Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Biznes

Brent va Urals markali neft narxi 2014 yildan beri eng yuqori darajaga koʻtarildi

Sharqiy Yevropa va Yaqin Sharqdagi geosiyosiy keskinlik narx koʻtarilishiga taʼsir qilmoqda.

Foto: Reuters

Londonning ICE birjasida Brent markali neft narxi bir barrel uchun 92 dollardan oshdi. Ushbu koʻrsatkich oxirgi marta 2014 yil 7 oktyabrda qayd etilgan.

“Kommersantʼ”ning yozishicha, aprel fyucherslari narxi 89,83 dollarga (+1,5 foiz) koʻtarilgan. WTI mart fyucherslari 91,87 dollardan (+1,6 foiz) sotilmoqda.

Shuningdek, 3 fevral kuni Yevropada Rossiyaning eksport nefti — Urals narxi bir barrel uchun 93 dollardan oshgan. Neftning narxi soʻnggi marta 2014 yilda bu qadar koʻtarilgandi.

Taʼminot uchun xavf omillari — Sharqiy Yevropa va Yaqin Sharqdagi geosiyosiy keskinlik narx koʻtarilishiga taʼsir qilmoqda. OPEK+ning soʻnggi yigʻilishida tashkilot neft qazib olishni kuniga 400 ming barrelga oshirishga kelishib olgandi, bu esa neft narxining tushishiga olib kelishi mumkin.

Avvalroq Brent markali neft narxi 2014 yildan beri ilk marta 89 dollardan oshgani xabar qilingandi.