Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Iqtisodiyot va moliya

Snapchat ilovasi egasi tarixda birinchi marta foyda koʻrdi

Kompaniya aksiyalari 60 foizga oshdi.

Foto: Irish Times

Snapchat ilovasi egasi Snap Inc. chorakni birinchi marta foyda bilan yakunladi va daromadini sezilarli darajada oshirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, kompaniyaning oktyabr-dekabr oylarida sof daromadi 22,6 million dollarni yoki har bir aksiya uchun 1 sentni tashkil qilgan. Kompaniyaning 2021 yilning shu davridagi yoʻqotishi 113,1 million dollar yoki har bir aksiya uchun 8 sentni tashkil etgan.

Taʼkidlanishicha, daromad 42 foizga oshib, 1,3 milliard dollarni tashkil etgan. Tahlilchilar har bir aksiya uchun oʻrtacha hisobda 9 sent sof yoʻqotish va 1,2 milliard dollarlik daromadni bashorat qilgandi.

Shuningdek, oʻtgan chorakda Snapchat ilovasining kunlik faol foydalanuvchilari soni 20 foizga oshib, 319 million kishini tashkil etgan. Natija ekspertlar kutgan 317 million kishidan ham yaxshi boʻlgan.

Kompaniya 2021 yilda umuman yoʻqotishlarini 488 million dollarga — 48 foizgacha kamaytirgan. Daromadini esa 64 foizga oshirib, 4,1 milliard dollarga yetkazgan. EBITDA koʻrsatkichi ketma-ket ikkinchi yil ijobiy boʻlgan va 617 million dollarni tashkil etgan.

Snap 2022 yilning birinchi choragida 1,03–1,08 milliard dollar oraligʻida daromad bilan EBITDAʻning nolga yaqin boʻlishini kutmoqda. 3 fevral kungi qoʻshimcha sessiyada Snap aksiyalari 59,2 foizga oʻsgan. Meta Platformsʻning zaif hisoboti tufayli qimmatli qogʻozlar asosiy sessiyani 24 foizga pasaytirish bilan yakunlagan.

Avvalroq Meta aksiyalari 23 foizga “qulagani” va Pinterest, Snap va Twitterʻda ham pasayish kuzatilgani xabar qilingandi. Shuningdek, Meta va Snap 11 yoshli qizning suiqasdida ayblangani haqida xabar berildi.