Davlat statistika qoʻmitasi 2021 yil Oʻzbekiston eng koʻp avtomobil import qilgan davlatlarni maʼlum qildi.
Unga koʻra, 2021 yilda Oʻzbekiston yengil avtomobillarni eng koʻp import qilgan davlatlar:
- Xitoy — 8880 ta;
- Koreya — 6472 ta;
- Rossiya — 4539 ta;
- Qozogʻiston — 4470 ta;
- Polsha — 1 204 ta;
- AQSH — 490 ta;
- Litva — 428 ta;
- Tailand — 250 ta;
- Germaniya — 115 ta;
- Yaponiya — 97 ta.
Avval xabar berilganidek, 2021 yilda Oʻzbekiston 26 ta xorijiy davlatdan qiymati 588,2 million dollarga teng boʻlgan qariyb 27 067 ta yengil avtomobil import qilgan.
Yengil avtomobillar importi 2020 yil bilan solishtirilganda 1348 taga oshgan.


