Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Iqtisodiyot va moliya

Oʻzbekiston 2021 yil xorijdan qancha avtomobil import qilgani maʼlum boʻldi

Yengil avtomobillar importi 2020 yil bilan solishtirilganda 1348 taga oshgan.

Foto: “theglobeandmail.com”

Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston 2021 yil xorijdan qancha avtomobil import qilgani toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, 2021 yilda Oʻzbekiston 26 ta xorijiy davlatdan qiymati 588,2 million dollarga teng boʻlgan qariyb 27 067 ta yengil avtomobil import qilgan. 

Yengil avtomobillar importi 2020 yil bilan solishtirilganda 1348 taga oshgan.

Avvalroq Oʻzbekiston 2021 yil eng koʻp elektromobil import qilgan 11 ta davlat maʼlum qilingandi.

Unga koʻra, 2021 yilda Oʻzbekistonga 11 ta xorijiy davlatdan qiymati 16,9 million dollarga teng boʻlgan 809 ta elektromobil import qilingan.

Elektromobil importi 2020 yilga nisbatan 679 taga yoki 6,2 baravarga oshgan.