Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 11,16 soʻmga koʻtarilib, 10 815,16 soʻmni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 AQSH dollarining rasmiy kursi 11,16 soʻmga oshib, 10 815,16 soʻmni tashkil etgan. 1 yevro kursi 12 ming 40,52 soʻmga baholanib, 56,72 soʻmga pasaydi. Shuningdek, 1 rubl 138,77 soʻm etib belgilanib, 1,54 soʻmga koʻtarildi.
Maʼlumot uchun, ushbu almashuv kurslari 31 yanvar, dushanba kunidan kuchga kiradi.


