Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Iqtisodiyot va moliya

Oʻzbekiston bozorlaridagi narxlar: nima arzonlashib, nimalar qimmatlashdi?

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi narxlar boʻyicha tahlil eʼlon qildi.

Foto: “Zelyoniy bazar”

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi tomonidan 1–24 yanvar kunlari Qoʻyliq va Chorsu dehqon bozorlarida asosiy isteʼmol tovarlarining ulgurji narxlari boʻyicha kuzatuv natijalari eʼlon qilinib borildi. Vazirlik asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi va goʻsht mahsulotlarining ulgurji narxlari oʻzgarishi yuzasidan tahliliy maʼlumot berdi.

Arzonlagan mahsulotlar

Ushbu davr mobaynida bozorda ananas 7500 soʻmga, apelsin 5500 soʻmga, limon 5000 soʻmga, anor 4500 soʻmga, bodring 3500 soʻmga, banan 2500 soʻmga, uzum 1500 soʻmga, mandarin va loviya 1000 soʻmga, mosh va guruch (alanga) 500 soʻmga, piyoz 250 soʻmga, sabzi 150 soʻmga va kartoshka 100 soʻmga arzonlagan.

Qimmatlagan mahsulotlar

Bozorlarda bulgʻori qalampiri (yashil) narxi 7000 soʻmga, bulgʻori qalampiri (qizil) 5000 soʻmga, sarimsoq piyoz 2500 soʻmga, pomidor 1000 soʻmga, noʻxat 500 soʻmga hamda bodring 250 soʻmga oshgan.

Bozorlarga eng koʻp keltirilgan mahsulotlar

Tezkor maʼlumotlarga asosan, Qoʻyliq bozoriga 1–24 yanvar kunlari hududlardan jami 14,5 ming tonna, xususan, 9,1 ming tonna kartoshka, 3,9 ming tonna piyoz, 748 tonna karam va 1 1 ming tonna sabzi keltirilgan.

Shundan, Toshkent viloyatidan 318 tonna kartoshka, 1 403 tonna piyoz, 748 tonna karam, 456 tonna sabzi, Samarqand viloyatidan 28 tonna kartoshka, 1 593 tonna piyoz, Jizzax viloyatidan 871 tonna piyoz, Qashqadaryo viloyatidan 257 tonna, Surxondaryo viloyatidan 252 tonna va Sirdaryo viloyatidan 160 tonna sabzi mahsulotlari yetkazib berilgan.

Shuningdek, Qoʻyliq bozoriga Qozogʻistondan 2052 tonna, Qirgʻizistondan 340 tonna, Afgʻonistondan 2133 tonna, Pokistondan 2640 tonna va Erondan 1590 tonna kartoshka keltirilgan.

Shu bilan birga, hududlardan Chorsu dehqon bozoriga 1–24 yanvar kunlari jami 221,3 tonna, shu jumladan 198,7 tonna mol goʻshti va 22,6 tonna qoʻy goʻshti keltirib sotilgan.

Avvalroq dunyo boʻylab oziq-ovqat narxlari 2022 yilda ham oshishda davom etishi xabar qilingandi. Shuningdek, Oʻzbekistonda 2022 yil 30 ta bozor va savdo komplekslari tashkil etilishi haqida xabar berildi.