Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Biznes

Apple dunyodagi eng qimmat brend deb topildi

Kompaniya kapitallashuvi 355 mlrd dollarni tashkil etgan.

Foto: Myseldon

Apple kompaniyasi dunyodagi eng qimmat brend deb topildi. Bu haqda The Bell xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Brand Finance 2022 yil uchun yangi Global 500 brend reytingini tuzgan. Reytingda Apple birinchi oʻrinni qayd etib, yana dunyodagi eng qimmat brendga aylangan.

Apple brendining qiymati bir yil ichida uchdan bir qismga oʻsib, mutlaq rekord reytingga — 355 milliard dollarga yetgan. Top-5 brendlar qatoriga Amazon (350 milliard dollar), Google (263 milliard dollar), Microsoft (184 milliard dollar) va Walmart (112 milliard dollar) ham kirgan.

TikTok eng tez rivojlanayotgan (bir yilda uch marta) brend deb eʼtirof etilgan, We Chat ikkinchi yil ketma-ket eng “kuchli” (koʻrsatkich sarmoya va biznes samaradorligini hisobga oladi) deb topilgan.

Taʼkidlanishicha, texnologiya sanoati brend kapitallashuvi boʻyicha yetakchilikni saqlab qolmoqda. Ikkinchi oʻrinda turgan jahon chakana savdosi pandemiya davrida kapitallashuvini 46 foizga oshirdi va 1 trillion dollardan oshdi.

Bundan tashqari, jahon brendlari kapitallashuvining uchdan ikki qismi ikki yirik iqtisodiyotda — AQSH va Xitoyda toʻplangan.

Eng qimmat rus brendi — “Sberbank” — 156-oʻrinda (oʻtgan yili — 181-oʻrin) va bu koʻrsatkich boʻyicha u Morgan Stanleyʻni ortda qoldirgan. Brend kuchi boʻyicha “Sberbank” Yevropada birinchi boʻlib, Ferrariʻni ortda qoldirgan, garchi koʻplab Yevropa brendlari ancha qimmatroq. Masalan, Mercedes dunyoda 15-oʻrinda va 61 milliard dollar turadi.

Avvalroq Apple rahbarining yillik daromadi 570 foizga oshgani xabar qilingandi. Shuningdek, Uorren Baffet Appleʻning rekord kapitallashuvi tufayli 120 mililard dollar ishlab olgani haqida xabar berildi.