Oʻzbekiston energetika vazirligi respublika hududlarida elektr energiyasi taʼminoti bilan bogʻliq holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berdi.
Taʼkidlanishicha, 2022 yil 25 yanvar, soat 19:30 holatiga:
1. Qorakalpogʻiston Respublikasi — elektr taʼminoti toʻliq tiklangan;
2. Andijon viloyati — Andijon shahar 35 foiz, Xonabod 100 foiz, mavjud, asosiy tibbiyot muassasalari elektr taʼminotiga ulangan;
3. Buxoro viloyati — Olot, Qorakoʻl, Qorovulbozor va Peshku tumanlarida toʻliq, Vobkent tumanida 20 foiz, Romitan tumanida esa 40 foiz elektr taʼminoti tiklandi;
4. Jizzax viloyati — hozircha viloyatning 10–15 foizi elektr taʼminoti bilan taʼminlandi;
5. Qashqadaryo viloyati — toʻliq elektr taʼminotidan uzilgan, tiklash-sozlash ishlari olib borilmoqda;
6. Navoiy viloyati — Navoiy shahrida 60 foiz, Karmana tumanida 55 foiz, Navbahor tumanida 40 foiz, Konimex tumanida 35 foiz va Nurota tumanida 70 foiz isteʼmolchilarda elektr taʼminoti tiklandi;
7. Namangan viloyati — hozircha qisman tibbiyot muassasalari hamda suv taʼminoti korxonalari elektr taʼminotiga ulangan;
8. Samarqand viloyati — Samarqand shahrida 45 foiz, Samarkand tumani 15 foiz, Paxtachi tumanida 100 foiz, Kattaqoʻrgʻon tumani va Kattaqoʻrgʻon shahri 8 foiz, Narpay va Pastdargʻom tumani 30 foiz elektr taʼminoti mavjud;
9. Surxondaryo viloyati — Denov, Sariosiyo, Uzun tumanlari va Denov shahri 100 foiz elektr taʼminoti mavjud. Oltinsoyda 70 foiz isteʼmolchilar tarmoqqa ulandi;
10. Sirdaryo viloyati — Guliston shahri 60 foiz, Yangiyer 60 foiz, Shirin shahri 100 foiz, Boyovut 30 foiz, Sayxunobod tumani 20 foiz, Guliston tumani 20 foiz, Mirzaobod tumani 10 foiz, Xovos tumani 50 foiz elektr tarmogʻiga ulandi;
11. Toshkent viloyati — Olmaliq shahar 70 foiz, Angren shahar 50 foiz, Chirchiq 70 foiz, Ohangaron shahar 100 foiz, Boʻka tumani 40 foiz, Boʻstonlik 90 foiz, Qibray 70 foiz, Ohangaron tumani 80 foiz, Parkent 100 foiz, Toshkent tum ani 60 foiz, Yuqori Chirchiq tumani 60 foiz isteʼmolchilar tarmoqqa ulandi;
12. Fargʻona viloyati — Fargʻona shahri 50 foiz, Qoʻqon shahri 5 foiz, Uchkoʻprik tumani 40 foiz, Oʻzbekiston tumani 20 foiz, Fargʻona tumani 10 foiz, Dangʻara tumani 40 foiz, Soʻh tumani 100 foiz, qolgan hududlarda asosiy tibbiyot muassasalari elektr taʼminotiga ulangan;
13. Xorazm viloyati — elektr taʼminoti toʻliq tiklangan;
14. Toshkent shahri — Mirzo Ulugʻbek 100 foiz, Yunusobod 50 foiz, Shayxontohur 10 foiz, Olmazor 20 foiz, Yakkasaroy 10 foiz, Yashnobod 50 foiz, Mirobod 40 foiz va Sirgʻali tumanida 10 foiz isteʼmolchilar tarmoqqa ulandi.
Oʻzbekistonda “blekaut”
Soat 10:57 da Oʻzbekiston boʻylab elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilishni boshladi. Uzilishlar tufayli Toshkent metropoliteni ishdan toʻxtadi.
Energetika vazirligi holat yuzasidan tushuntirish berdi. Qayd etilishicha, 25 yanvar kuni soat 11:00 da energotizimda yirik nosozlik yuzaga kelib respublikaning ayrim hududlarida elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda. Ayni paytda mutaxassislar tomonidan nosozlikni tiklash ishlari olib borilmoqda.
Keyinchalik Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Toshkentda issiq suv va issitish taʼminotida ham uzilish kuzatilishi boʻyicha ogohlantirish berdi.
«Mamlakatimizning koʻplab hududlarida elektr energiyasi tizimida kuzatilgan uzilishlar bois, isitish, oqova hamda ichimlik suv tarmoqlarida ham uzilishlar kuzatilishidan ogohlantiramiz», deyiladi xabarda.
Keyinalik Energetika vazirligi Soat 10:57 da Qozogʻiston elektr tarmogʻida katta avariya boʻlishi oqibatida Olmaota, Shimkent, Taras, Turkiston (viloyatlarida) va atrof hududlarida Elektr eyenergiya taʼminotida oʻchishlar yuzaga kelganini maʼlum qildi.
Oqibatda Fargʻona va Toshkent shahri va viloyati, Fargʻona vodiysi hududi, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari tarmoqlarida elektr energiyasi oʻchgan.
Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ogohlantirish bilan chiqdi.
“Hurmatli fuqarolar elektr tarmoqlarida yuzaga kelgan uzulishlar sababli gaz va elektr bilan bogʻliq koʻngilsiz vaziyatlarni oldini olish maqsadida gaz hamda elektr moslamalarini nazorat qilishingiz va tarmoqdan vaqtincha uzib qoʻyishingiz soʻraladi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Mobiuz va Beelineʻda aloqa xizmati yomonlashishi mumkinligini qayd etdi. Uztelecom stansiyalar bir necha soat soat “chidab berishini” aytdi.
“Bizdagi stansiyalarda zaxira akkumulyatorlari bilan jihozlangan.Ularning quvvati bir necha soat chidab beradi”, deydi matbuot xizmati xodimi.
Shundan soʻng vazirlik elektr stansiyalar bosqichma-bosqich ishga tushirilayotgani va hududlarda elektr taʼminoti tiklanayotganini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyatidagi Chorvoq, Xodjikent va Tovoqsoy gidroelektr stansiyalari, Navoiy viloyatidagi Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, Qoraqalpogʻistondagi Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi hamda Fargʻona viloyatidagi Fargʻona issiqlik elektr markazi orqali energetika tizimiga quvvat uzatish boshlangan.
Elektr uzilishi sabab yopilgan Oʻzbekiston mintaqaviy aeroportlari reyslar uchun qayta ochildi. Qayd etilishicha, Toshkent aeroporti faqat reyslarni qabul qilish uchun ishlaydi.
“Mintaqaviy aeroportlar reyslarni qabul qilish va berishni boshladi”, deyiladi xabarda.
Humo va Uzcard toʻlov tizimlari elektr uzilishi ish faoliyatiga taʼsir koʻrsatmasligini maʼlum qildi.
Oʻzbekiston Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi elektr uzilishi Oʻzbekiston iqtisodiyotiga qanday taʼsir koʻrsatishi haqida Kommers.uzʻga izoh berdi.
“Vaziyatni tezda tiklanishiga bogʻliq. Ayni paytda hududlarda elektr energiyasini tiklash ishlari boshlangan. Barcha hisob-kitoblar har bir tarmoqqa haqiqiy taʼsirni oʻrganilidan soʻng amalga oshiriladi”, deydi vazirlik vakili.
Shundan soʻng Prezident topshirigʻi bilan elektr uzilishi boʻyicha xukumat komissiyasi tuzildi.
Ekspert Bobur Obidov naqd pulga boʻlgan ehtiyojning ortishi, bankomatlarga navbatlar va masofaviy bank xizmatlari muammolari boʻyicha Kommers.uzʻga izoh berdi.
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistondagi elektr uzilishini shaxsan nazoratga oldi.
Keyinchalik Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida elektr energiyasi taʼminoti toʻliq tiklandi.
Qozogʻiston yagona energetika tizimida 21 yanvardan elektr toki boʻyicha vaziyat keskin boʻlgani maʼlum qilindi.
Bugun.uz manbalari “Qozogʻiston elektr tarmoqlarini boshqarish kompaniyasi”ning ogohlantirish xatini taqdim etdi.
“Hozirda Qozogʻiston yagona energetika tizimida elektr quvvati va quvvat balansini saqlash boʻyicha keskin vaziyat saqlanib qolmoqda”, deyiladi Kommers.uz manbalari taqdim etgan xatda.
Shu munosabat bilan, mavjud vaziyatni saqlab qolgan holda, 2022 yil 24 yanvardan 31 yanvargacha boʻlgan davrda raqamli mayning bilan shugʻullanuvchi shaxslarga rejalashtirilgan elektr energiyasini yetkazib berish toʻliq bekor qilingan. Xat “Qozogʻiston elektr tarmoqlarini boshqarish kompaniyasi” vakili Bekjan Mukatov tomonidan imzolangan.
Kommers.uzʻning Oʻzbekiston tomonidagi manbasi aytishicha, bu — Qozogʻiston tomonidan yoʻl qoʻyilgan katta masʼuliyatsizlik.
“Sheriklar tomonidan tashlangan juda va juda masʼuliyatsiz qadam, bu elektr halqasi boʻyicha kelishuv shartlari va majburiyatlarini tekshirishga arziydi”, — deydi manba.
Manba shuningdek, toʻsatdan koʻp miqdorda elektr toki koʻtarilganini aytdi.
“Toʻsatdan koʻp miqdorda elektr toki koʻtarildi. Bizning tizimlarimiz kuchlanish blokiga muvofiq ishladi va shundagina hech narsa yonib ketmadi. Ular mamlakatga energiya yetkazib berishni toʻxtatdi”, — deydi manba.


