Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Iqtisodiyot va moliya

Prezident topshirigʻi bilan elektr uzilishi boʻyicha xukumat komissiyasi tuzildi

Prezident topshirigʻiga binoan elektr energiyasi taʼminotida yuzaga kelgan nosozliklar sababini aniqlash va bartaraf etish boʻyicha Bosh vazir huzurida hukumat komissiya tuzildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Avval xabar berilganidek soat 10:57 da Markaziy Osiyo yagona elektr tarmogʻida katta avariya boʻlishi oqibatida mamlakatimiz hududlarida elektr energiya taʼminotida oʻchishlar yuzaga keldi. Prezident topshirigʻi bilan elektr uzilishi boʻyicha xukumat komissiyasi tuzildi.

Energetika vazirligi xabariga koʻra, Prezident topshirigʻiga binoan elektr energiyasi taʼminotida yuzaga kelgan nosozliklar sababini aniqlash va bartaraf etish boʻyicha Bosh vazir huzurida hukumat komissiya tuzildi. Komissiya tomonidan birinchi navbatda generatsiya jarayonini tiklash hamda yuqori va past kuchlanishli elektr tarmoqlariga kuchlanish berish orqali isteʼmolchilarning elektr taʼminotini tiklash vazifasi qoʻyildi.  

Hukumat komissiyasi soha vakillariga sodir boʻlgan nosozliklar takrorlanmasligi, sabablarini aniqlash, elektr taʼminotining barqarorligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda zudlik bilan amalga oshirish yuzasidan qator vazifalar yukladi.

Yagona elektr tarmogʻiga ulangan Oʻzbekiston elektr tarmogʻi bu avariyaning salbiy taʼsiri oqibatida Toshkent va Sirdaryo issiqlik elektr stansiyalarida avariyaga qarshi himoya tizimi ishlab ketib, ikkala stansiyaning ham avtomatik ravishda oʻchishiga olib kelgan. Bu holat oʻz oʻrnida Talimarjon va Toʻraqoʻrgʻon issiqlik elektr stansiyalarining ish faoliyatiga ham salbiy taʼsir koʻrsatgan.

Oqibatda Fargʻona va Toshkent shahri va viloyati, Fargʻona vodiysi hududi, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlari tarmoqlarida elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar qayd etildi.

“Hurmatli isteʼmolchilar, shuni ham alohida taʼkidlash lozimki, Oʻzbekiston elektr taʼminoti tizimi Markaziy Osiyo elektr energetika tizimi bilan parallel ravishda ishlaydi. Umumtizimning maʼlum bir hududida kuzatilgan nosozliklar boshqa hududlarni avariyadan saqlab qolishi, yoki aksincha, uning barqaror ishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Avariyaga qarshi releli himoya va avtomatika tizimi energotizim barqarorligi uchun amalga oshiriladigan texnik-muhandislik holati boʻlib, u tizimda turli nosozlik hamda yongʻinlar chiqishining oldini oladi”, deyiladi xabarda. 

Hozirgi vaqtda Toshkent viloyatidagi Chorvoq, Xodjikent va Tovoqsoy gidroelektr stansiyalari, Navoiy viloyatidagi Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi hamda Fargʻona viloyatidagi Fargʻona issiqlik elektr markazi orqali energetika tizimiga quvvat uzatish boshlangan.

Ëzilishicha, ayni paytda respublika hududlarida elektr energiyasi taʼminoti bosqichma-bosqich tiklanmoqda. Nosozliklar bartaraf etilayotgani haqida qoʻshimcha ravishda axborot berib boriladi.

Oʻzbekistonda “blekaut”

Soat 10:57 da Oʻzbekiston boʻylab elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilishni boshladi. Uzilishlar tufayli Toshkent metropoliteni ishdan toʻxtadi.

Energetika vazirligi holat yuzasidan tushuntirish berdi. Qayd etilishicha, 25 yanvar kuni soat 11:00 da energotizimda yirik nosozlik yuzaga kelib respublikaning ayrim hududlarida elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda. Ayni paytda mutaxassislar tomonidan nosozlikni tiklash ishlari olib borilmoqda.

Keyinchalik Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Toshkentda issiq suv va issitish taʼminotida ham uzilish kuzatilishi boʻyicha ogohlantirish berdi.

«Mamlakatimizning koʻplab hududlarida elektr energiyasi tizimida kuzatilgan uzilishlar bois, isitish, oqova hamda ichimlik suv tarmoqlarida ham uzilishlar kuzatilishidan ogohlantiramiz», deyiladi xabarda.

Keyinalik Energetika vazirligi Soat 10:57 da Qozogʻiston elektr tarmogʻida katta avariya boʻlishi oqibatida Olmaota, Shimkent, Taras, Turkiston (viloyatlarida) va atrof hududlarida Elektr eyenergiya taʼminotida oʻchishlar yuzaga kelganini maʼlum qildi.

Oqibatda Fargʻona va Toshkent shahri va viloyati, Fargʻona vodiysi hududi, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari tarmoqlarida elektr energiyasi oʻchgan.

Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ogohlantirish bilan chiqdi

“Hurmatli fuqarolar elektr tarmoqlarida yuzaga kelgan uzulishlar sababli gaz va elektr bilan bogʻliq koʻngilsiz vaziyatlarni oldini olish maqsadida gaz hamda elektr moslamalarini nazorat qilishingiz va tarmoqdan vaqtincha uzib qoʻyishingiz soʻraladi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, Mobiuz va Beelineʻda aloqa xizmati yomonlashishi mumkinligini qayd etdi. Uztelecom stansiyalar bir necha soat soat “chidab berishini” aytdi.

“Bizdagi stansiyalarda zaxira akkumulyatorlari bilan jihozlangan.Ularning quvvati bir necha soat chidab beradi”, deydi matbuot xizmati xodimi.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyatidagi Chorvoq, Xodjikent va Tovoqsoy gidroelektr stansiyalari, Navoiy viloyatidagi Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, Qoraqalpogʻistondagi Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi hamda Fargʻona viloyatidagi Fargʻona issiqlik elektr markazi orqali energetika tizimiga quvvat uzatish boshlangan.

Elektr uzilishi sabab yopilgan Oʻzbekiston mintaqaviy aeroportlari reyslar uchun qayta ochildi. Qayd etilishicha, Toshkent aeroporti faqat reyslarni qabul qilish uchun ishlaydi.

“Mintaqaviy aeroportlar reyslarni qabul qilish va berishni boshladi”, deyiladi xabarda.

Humo va Uzcard toʻlov tizimlari elektr uzilishi ish faoliyatiga taʼsir koʻrsatmasligini maʼlum qildi.