Bitkoin (Bitcoin) va efir (Ethereum) narxining pasayishi fonida butunjahon kriptovalyuta bozori soʻnggi 24 soat ichida 130 milliard dollar yoʻqotdi. Bu haqda “Interfaks” CoinDesk maʼlumotlariga tayanib xabar berdi.
Bitkoin kursi 6 foizga tushib, 33 ming 352 dollarni tashkil etdi. Kriptovalyutaning narxi 2021 yil 24 iyuldan buyon eng past darajaga yetdi va noyabrdagi rekord choʻqqisidan taxminan 51 foizga kamaydi.
Efir narxi 12 foizga tushib, 2218 dollarni tashkil etdi. Bu ham oʻtgan yilning iyul oyidan beri eng past koʻrsatkichdir. Noyabr oyida efir kursi rekord darajaga yetganidan buyon kriptovalyuta taxminan 53 foiz yoʻqotdi.
AQSH Federal zaxira tizimining dekabrdagi yigʻilishi bayonnomalari bitkoin narxiga yomon taʼsir qilgan. Bunga qadar tahlilchilarda bitkoinning qadrsizlanishiga Qozogʻistondagi tartibsizliklar ham taʼsir qilmoqda, degan qarash bor edi. Chunki ushbu mamlakat mayning boʻyicha dunyoda 2-oʻrinda turadi.
Avvalroq bitkoin kursi tushishi soʻngi olti oydagi minimumni yangilagani xabar qilingandi.


